Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xina}
So‘z bo‘g‘inlari: xi-na
Izoh(lar)i:
xina [xi-na ]

1. Derbendoshlarga mansub butalar yoki daraxtchalar turkumi; shu turkumga oid qizg‘ish gulli o‘simlik. Ariq bo‘yidagi kichikroq supa atrofida rayhon, namozshom, xina gullari barq urib yotardi. S. Zunnunova, Olov

2. Shu o‘simlikdan olinadigan, qo‘l, tirnoq, sochni bo‘yash uchun ishlatiladigan qizg‘ish-sariq rangli bo‘yoq. Ingichka bellaring tasma, Qo‘lda xina, qoshda o‘sma. Erali va Sherali

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.