1. Biror shaxs, tashkilot yoki davlat ixtiyoridagi qimmatbaho buyumlar; mablag‘; boylik; davlat.
Mirzakarimboyning xazinasi Gulnorniki.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Yer ostiga ko‘milgan yoki boshqa usul bilan yashirib qo‘yilgan, egasini aniqlash qiyin bo‘lgan pul yoki qimmatbaho buyumlar (bular topilsa, davlat mulkiga o‘tadi va uni topgan kishi tegishli tartibda mukofot oladi).
3. Davlat puli, qimmatbaho narsalari, umuman, boyligi saqlanadigan joy.
[Husayn:] Xazinamda har qancha zar, har qancha aqcha bo‘lsa, yurtning obodonligi uchun sarf etishga va’da beraman.
Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy
4. Oltin, kumush kabi qimmatbaho narsalar ko‘milgan, yashirilgan joy, dafina.
Yo‘l quvlagan xazinaga yo‘liqar, Gap quvlagan bir baloga yo‘liqar
Maqol
5. Markazlashgan davlatlarda ularning moliyaviy zaxiralari majmui.
Xazina biletlari.
gazetadan
6. Yer yoki tabiat boyliklari, tabiiy boylik. .
Yer — xazina, suv — oltin.
Maqol
7. Madaniy va ma’naviy boyliklar, durdona asarlar majmui.
Roman [Sarob] 20 yil davomida adabiyotning bebaho xazinasidan olib tashlandi
Gazetadan