Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xayol}
So‘z bo‘g‘inlari: xa-yol
Izoh(lar)i:
xayol [xa-yol ]

1. O‘ylash, fikrlash jarayoni; o‘y, fikr. Har kallada ming xayol. Maqol

2. Tasavvur. Gulnorning ko‘zlari, yuzi yolg‘iz Yo‘lchining xayollaridagina kuladi, jilvalanadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Orzu, fantaziya. Istiqbolning shirin xayollariga ko‘milgan holda maxdum asr namozi uchun tahorat olar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

4. Es, xotira. Xayolim meni uzoq o‘tmishga olib ketadi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: xiyol – [a] Bilinar-bilinmas darajada; ozgina, sal, salgina, bir oz.
Qomus: mavjud emas.

1. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.

2. xayol daryosiga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

3. xayol surdi: hamma narsani unutgan holda o‘yladi

4. xayolga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

5. xayolga toldi: uzoq o‘ylandi

6. xayolidan ko‘tarildi: unutdi

7. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

8. xayolidan o‘tdi: ma’lum bir muddat fikrladi

9. xayoliga keldi: 1)o‘yladi, idrok qildi, fahmladi 2)xotirasida tiklandi

10. xayolni buzmoq: Xayolni bo‘lmoq, sochmoq

1. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.