1. Biror xatarli hodisa yoki falokat sodir bo‘lishi ehtimolligi, xatar.
Shoshish kerakmas, chunki bu yil toshqin xavfi yo‘q.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. Xavotirlanish, xavfsirash; xavotir, tashvish.
Hamisha xavfda ko‘nglim bu muhabbat intihosidan, Meni ham etmasa majnun debon Ra’noni(ng) savdosi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon