1. Yozuvda ishlatiladigan grafik belgilar; harflar tizimi.
Arabcha xat. Lotin xatini o‘rganmoq.
gazetadan
2. Yozuv, yozilgan, chizilgan yoki o‘yib tushirilgan belgilar; matn.
Xat kichikroq qog‘ozda o‘lchovlik so‘zlardan iborat edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. Biror xabar berish yoki fikr almashish maqsadida aniq manzilga asosan pochta orqali yuboriladigan, matn yozilgan qog‘oz.
Bir kuni pochtalon Ashurali otaga xat tutqazdi: — O‘g‘lingiz Kimsanboydan.
T. Ashurov, Oq ot 4. Harflarni yozishdagi o‘ziga xos uslub, ko‘rinish, yozuv xili.
4. Harflarni yozishdagi o‘ziga xos uslub, ko‘rinish, yozuv xili.
[Asar] Juda sifatli novvotrang qog‘ozga nasta’liq xatida ko‘chirilgan.
UTA
5. Savod; harf tanish.
[Imom:] To‘g‘risini aytsak, xatimiz yo‘q hisobida!
Hamza, Boy ila xizmatchi
6. Rasmiy qog‘oz, hujjat.
Bunga tashkilotlar va shaxslar o‘rtasidagi rasmiy ishga taalluqli bo‘lgan xatlar, yozishmalar kiradi.
O‘TA
7. Satr, misra.
Bilish uchun har qaysi she’rdan bir-ikki xat o‘qib ko‘rish kerak edi.
A. Qahhor, Sarob