1. Xarid qiluvchi, sotib oluvchi.
Har holda, xaridor degani olayotgan molining fe’lini tuzuk-quruq bilib olgani ma’qul.
M. M. Do‘st, Lolazor
2. Birovga (odatda biror qiz yoki ayolga) ko‘ngil qo‘ygan kishi, xushtor.
bizning davlatimiz soyasida o‘sib barkamol bo‘lgan bir guli norastamiz bo‘lib, atrofdagi shoh-shahzodalar xaridor.
Tohir va Zuhra
3. Ishqiboz, xohlovchi.
To‘yda so‘z ber baxshiga, Xaridor bo‘l yaxshiga.
Maqol