Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xamirturush}
So‘z bo‘g‘inlari: xa-mir-tu-rush
Izoh(lar)i:
xamirturush [xa-mir-tu-rush ]

1. Xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Obi non (uy noni) tayyorlash uchun 40 g xamirturush kerak bo‘ladi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

2. O‘g‘it, go‘ng. Yer — xamir, o‘g‘it — xamirturush. Maqol

3. Biror narsaning boshlanishi, yuzaga kelishi yoki amalga oshishi uchun asos yoki dastak bo‘ladigan omil, poydevor. — Yaxshidan bog‘, yomondan dog‘, — deganlaridek, hozirgi bog‘imizga ilk xamirturush tashlagan, qo‘ling dard ko‘rmagur shu ota bo‘ladi, — dedi rais. M. Nazarov, Jilvon jilvalari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: achitqi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.