1. Kichkina qop, qopchiq.
Bolalar yopishavergach, [kampir] xaltani ochishga majbur bo‘ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ozish tufayli odam yoki hayvon badanida, ko‘pincha yuzida salqib, osilib qolgan teri. — Ko‘ngil o‘lsin, iloyim. Jag‘ida jag‘ qolmay, lunji xalta bo‘p ketsa ham, yigitman deydi, — dedi kampir.
— Ko‘ngil o‘lsin, iloyim. Jag‘ida jag‘ qolmay, lunji xalta bo‘p ketsa ham, yigitman deydi, — dedi kampir.
A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
3. Ba’zi hayvonlarning qorni ostida bo‘ladigan, yosh bolasini solib ko‘tarib yurishga moslangan xaltasimon teri qatlami.
Xaltalilarning urg‘ochisi tug‘ilgan bolasini ancha vaqt qornidagi xaltasida olib yuradi.
Zoologiya
4. Kiyimning osilib, salqi bo‘lib turgan joyi.
Qurbon aka yana Mamajonga o‘girildi: nimpar ko‘k kitelining etaklarini qorni turtib turibdi, yoqa tugmalari ochiq. Shimining tizzalari xalta bo‘lib turibdi.
S. Nurov, Narvon