Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xalqaro}
So‘z bo‘g‘inlari: xal-qa-ro
Izoh(lar)i:
xalqaro [xal-qa-ro ]

1. Xalqlar yoki mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatga doir. Xalqaro tashkilotlar. Xalqaro ahvol. Xalqaro huquq.Ajiniyoz og‘a juda siyosatchi chiqdi: nuqul xalqaro ahvolni surishtiradi. A. Muxtor, Davr mening taqsirimda

2. Xalqlarga oid, taalluqli. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.Xalqaro Toshkent kinofestivali ishtirokchilari safi yil sayin ortib boryapti. Saodat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Xalqaro til(jahon tili)Dunyoda qo‘llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til. Hozir rasmiy tan olingan 6 ta xalqaro til mavjud: ingliz, ispan, rus, xitoy, arab va fransuz tili. Ko‘p qo‘llanadigani ingliz tili.

Turli davrda turli til xalqaro vazifani o‘tagan. O‘rta asrda Sharqda arab tili, Yevropada esa lotin, undan keyingi davrda fransuz tili katta ahamiyatga ega bo‘lgan. XX asrda ingliz va nemis tili xalqaro tildarajasiga ko‘tarildi. Xalqaro tilshu til amal qiluvchi davlatning xalqaro maydondagi nufuzi bilan belgilanadi. BMT tashkil topishi bilan rasmiy xalqaro til masalasi hal bo‘ldi. 1945- yil rasmiy xalqaro til sifatida ingliz, fransuz, rus, ispan, xitoy tili belgilandi. 1973- yildan arab tili ham jahon tili sifatida tan olindi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.