Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xabar}
So‘z bo‘g‘inlari: xa-bar
Izoh(lar)i:
xabar [xa-bar ]

1. Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi axborot, darak, bildirish. Muhammad Argunning xabariga ko‘ra, dushmanning katta qo‘shini Raf-qondan o‘tib, Konibodom sari kelayotgan edi. Mirmuhsin, Me’mor

2. Yangilik. — Mulla Abdishukur, — Mirzakarimboy mehmonlardan biriga murojaat qildi, — olamda nima xabarlar bor, gapirsangiz-chi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Kundalik matbuot, radio va televideniye vositasida olingan axborot, ma’lumot; maqola. Kechalari uxlamay radio karnayiga quloq tutib, olis frontda bo‘layotgan xabarlarni eshitardi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: axborot [a], darak [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. xabar berdi: xabardor qilib qo‘ydi

2. xabar oldi: 1)o‘zi kelib xabardor bo‘ldi 2)biror kishining turish–turmushini, ahvolini yengillatishga ko‘maklashdi

3. xabar topdi: xabardor qilindi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.