1. 1. Daryo bo‘ylab cho‘zilgan yoki tog‘lar orasidagi keng tekislik.
Daryo vodiysi. Tog‘ vodiysi.
▬
Katta-kichik vodiylarni qoplab yotgan tuman xuddi ko‘lga o‘xshab ko‘rinar edi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
Bir tomoningiz — xarsanglar makoni, ikkinchi tomoningiz — ufqqa tutash yam-yashil vodiy.
J. Abdullaxonov, Oriyat
2. 2. Umuman ekin ekiladigan, obod yer.
Amudaryoni jilovlasak, O‘zbekistonda butun-butun yangi paxta vodiylari yaratiladi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. 3. Umuman, mamlakat, yurtning bir bo‘lagi; diyor.
Cho‘lquvarlar bir maqsad — Surxon, Sherobodni bog‘-rog‘li vodiyga aylantirish orzusi bilan yashamoqdalar.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Bu chol Gulistondagina emas, butun vodiyda chavandoz nomini olgan uloqchi edi.
I. Rahim, Chin muhabbat
4. ko‘chma hma Biror narsa uchun xos bo‘lgan joy, makon.
Aftidan, uning o‘zi ham afsonaviy go‘zallik vodiysini ko‘rishga oshiqardi.
S. Karomatov, Oltin qum
Rotamiz jangchilari yaradorlarni ko‘tarib chiqishar, halok bo‘lganlar o‘rniga yordamchi jangchilarni ergashtirib, ajal vodiysiga kirib borishardi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
— Men o‘lim vodiysida xizmat qilganman, — dedi oshpaz.
Oybek, Quyosh qoraymas