1. Biror narsa, hodisa va shu kabilarni keltirib chiqaruvchi asos; sabab.
Ko‘ktemirni qo‘shib chala o‘lik qiyatni do‘xtirga yuborganing vajini endi bildim, ablah!
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Ish-harakat, hodisa va shu kabilarni oqlash uchun ko‘rsatiladigan, keltiriladigan sabab, asos; bahona.
Bilib, ko‘rib turib o‘zini oqlashga vaj qidiryapti.
S. Nurov, Narvon
3. Biror narsaga taalluqli jihat, tomon.
Qorin vaji uncha maqtarli emas — dedi Shum bola.
G‘. G‘ulom, Shum bola