Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {va}
So‘z bo‘g‘inlari: va
Izoh(lar)i:
va [va ]

1. Teng huquqli gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Uy kichkina, lekin yorug‘ va toza edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Narsa, kimsa, harakat kabilarning belgisi me’yoriy darajadan pastligini, maqtaydigan darajada emasligini ifodalaydi. Ba’zilari ko‘zlarini o‘ynatib, o‘ho‘! o‘ho‘! H. Nazir, Bir tup g‘o‘za

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Muhabbat Abduraimova 1943 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Olima o‘zining sal kam 50 yillik  pedagogik faoliyati davomida yoshlar ongi va shuuriga ona tiliga mehr va sadoqat tuyg‘ularini singdirish, darsliklarning yangi avlodini yaratish, ona tili ta’limi mazmunini yangilash kabi islohotlar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Olima ona tili va o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishning dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi Respublika Doimiy anjumani tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri. 8- sinf “Ona tili” darsligi mualliflaridan biri.

M.Abduraimova ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi filologiya bo‘limini boshqarib kelmoqda. 

Asos va qo‘shimcha imlosi1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 33–37- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosida asos va qo‘shimcha imlosida quyidagilar ahamiyatli. 1. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 1) a unlisi bilan tugagan fe’lga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla – saylov, sina – sinov, aya – ayovsiz; so‘ra – so‘roq, bo‘ya – bo‘yoq; o‘yna – o‘ynoqi, sayra – sayroqi kabi; 2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’lga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi – o‘quvchi, qazi – qazuvchi, sovi – sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’lga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri – og‘riq, qavi – qaviq kabi. ( Biroq: 1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol – oluv, yoz – yozuv kabi; 2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz – uzuq, yut – yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.) 3) k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda kundoshi g undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak – tilaging, yurak – yuragim, kubok – kubogi, bek – begi; tayoq – tayog‘i, qoshiq – qoshig‘i, yaxshiroq – yaxshirog‘i, yo‘q – yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq – huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi kabi. 4) quyidagi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi: a) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’lga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchasi qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin – o‘rnim, qorin – qorni, burun – burning, o‘g‘il – o‘g‘ling, ko‘ngil – ko‘ngli, yarim – yarmi; qayir – qayril, ulug‘ – ulg‘ay, sariq – sarg‘ay, ikki – ikkov, ikki – ikkala, yetti – yettov kabi; b) u, bu, shu, o‘sha olmoshiga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gacha, -cha qo‘shimchasi qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi; b) o, o‘, u, e unlisi bilan tugaydigan so‘zga egalik qo‘shimchasi quyidagicha qo‘shiladi: 1) ko‘pchilik so‘zga egalik qo‘shimchasi -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si(yoki-lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusikabi; 2) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; 3) II shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘ziga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘ziga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi); d) men, sen olmoshiga -ni, -ning, -niki qo‘shimchasi qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi; 5) quyidagi qo‘shimchaning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi: a) -bon, -boz qo‘shimchasi ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt-bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi; b) o‘rin va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi; 6) quyidagi qo‘shimchaning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi: a) taqlid so‘zdan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi; b) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha holda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi; d) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi; e) k undoshi bilan tugagan so‘zga qo‘shilganda bu qo‘shimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi; f) q undoshi bilan tugagan so‘zga qo‘shilganda bu qo‘shimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi; j) qolgan barcha holda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.

Asos va qo‘shimcha talaffuzi adabiy tilning og‘zaki shakliga xos orfoepik qoida. 1. q, k bilan tugaydigan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda qishloq>qishlog‘imiz, qishlog‘ingiz, qishlog‘i; telpak>telpagim, telpaging, telpagi kabi. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: o‘q>o‘qi, tok>toki kabi (yoq, yo‘q so‘zlari bundan mustasno). 2. Q, k, g, bilan tugagan otlarning jo‘nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq + ga > qishloqqa, chelak + ga > chelakka, tog‘ + ga > toqqa, pedagog + ga > pedagokka kabi. Boshqa barcha holatlarda: a) jarangsiz undoshlardan so‘ng -ka, jarangli undoshdan va unlidan so‘ng -ga talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka, uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga, akaga kabi. 3. Fe’llarda: a) ong + la > angla, son + a > sana, yosh + a > yasha kabi; b) ek + gan > ekkan, ket + gan > ketkan, oq + gan > oqqan, tush + gan > tushkan kabi. 4. Olmoshlarda: u + n + da > unda, bu + n + da > bunda, shu + n + da > shunda (bir «n» orttiriladi), men + ning > mening, sen + ning > sening (bir «n» tushirib qoldiriladi).5. Bir so‘zidan dona son yasalganda, o‘zakdagi «r» undoshi «t»ga o‘tadi: bir + ta > bitta kabi.

Mazluma Asqarova1924-yil 4-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965), filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent pedagogika bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini (1944) tamomlagan. M.Asqarova qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati, tuzilish va bog‘lanish yo‘llari xususida tadqiqot olib borib, qo‘shma gapni bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gapga ajratgan. Uning «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (1960), «O‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar» (1966), «O‘zbek tili taraqqiyoti muammolariga doir» (1995) kabi asarlari o‘zbek tili sintaksisini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

M.Asqarovao‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning A.G‘ulomov bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobi o‘zbek tili sintaksisi tadqiqiga bag‘ishlangan sara asarlardan. M.Asqarovaning o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun hammualliflikda yozilgan ona tili darsliklari salkam 20 yil davomida maktablarda o‘qitilib, ta’lim va tilshunoslik taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

 

Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o‘rganadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko‘ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o‘rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G‘ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan.

«Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk val-qafchoq»mashhur tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning lingvistik asari. Asarning Abu Bahr ismli kishi tomonidan 855- yilda ko‘chirilganligi asosida uning XIV–XV asrda yaratilganligi haqida xulosa qilish mumkin. “Kitobul lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk val-qafchoq” birgina nusxaga ega, Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Olimlar asar Suriyada yaratilgan deb taxmin qilishadi.

Qo‘lyozma 4 bobdan iborat, ularning har qaysisi fasllarga ajratilgan. Birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo‘lgan mavjudotlarga hamda diniy atamalarga bag‘ishlangan. Mas., tangri, yalavach, farishta, quyosh, yulduz, oy. Ikkinchi bobi yer, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag‘ishlangan, bir qancha ichki guruhga ajratilgan.

Asarning uchinchi bobida payt va o‘rin ravishlari, kishilik va so‘roq olmoshi, ko‘makchilar, hafta kunlari, yil fasllari haqida so‘z boradi. To‘rtinchi bob esa fe’l haqida.

Arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillari qiyosiga bag‘ishlangan bu asar turkiy tillar taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba.

Yevgeniy DmitriyevichPolivanov –(1891–1938, Peterburg) mashhur tilshunos olim, o‘zbek tilshunosiligining Toshkent maktabi asoschilaridan biri. Peterburg universiteti professori (1919), O‘rta Osiyo davlat universiteti professori (1925), Qirg‘iziston Madaniy qurilish instituti professori (1934). 1921- yil Komintern apparatida ishlab, yo‘llanma bilan Toshkentga kelgan.

Y.Polivanov umumtilshunoslikning nazariy masalalari, o‘zbek tili fonetikasi, grafikasi, dialektologiyasi, leksikologiyasi, etimologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, so‘z yasalishi va turkiy tillar tarixini o‘rganish borasida samarali faoliyat olib borgan. O‘zbek dialektologiyasi faniga asos solgan; o‘zbek va rus tillarini chog‘ishtirib o‘rganish – o‘zbek maktablarida rus tili o‘qitish metodikasiga tamal toshini qo‘ygan. Uning «Toshkent dialektining tovushlar tarkibi» (1922), «Toshkent dialekti bo‘yicha fonetik yozuv namunalari» (1924), «Toshkent tarixidan ocherklar» (1925), «Toshkent nomining kelib chiqishi» (1927), «O‘zbek tilining qisqacha grammatikasi» (1926, 3 qism), «O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili» (1933), «O‘zbek tili bilan qiyoslangan rus tili grammatikasi» (1933), «O‘zbek tili grammatikasidan materiallar» (1935) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining shakllanishida va keyingi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

  1. Polivanov - o‘zbek maktablari uchun rus tili, rus maktablari uchun yozilgan ilk o‘zbek tili darsliklari muallifi.

 

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent K.Qosimova 1923- yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda maktabni tugatib, mahalla xotin-qizlar klubida tashkilotchi bo‘lib ishladi. 1942-yilda Toshken davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan o‘qituvichilar tayyorlash kursini bitirdi. 1952-1955- yillarda Toshken davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1942-1952- yillarda maktabda o‘qituvichilik faoliyati bilan shug‘ullandi. 1956-1959- yillarda institutning O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishladi. 1960-1964- yillar mobaynida Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatdi. 1964-1990- yillarda Toshken davlat pedagogika institutida ishladi.

K.Qosimova hammualligida 4- sinf uchun “O‘zbek tili darsligi” (1963) (hamkorlikda), 2- sinf uchun “Ona tili darsligi” (1996) (hamkorlikda), 5- sinfi uchun “Ona tili darsligi” (1997, 1998) nashr qilingan.

K.Qosimova “O‘zbekiston halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

          Filologiya fanlari doktori, professor R.Sayfullayeva 1948-yili Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1972-yili ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan. 1979-yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasida faoliyat ko‘rsatib keladi. Bir necha yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida bo‘lim bo‘shlig‘i vazifazida ishladi.

            Olima o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarning substansial tadqiqi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning hammualliflikda yaratgan oliy o‘quv yurtlari uchun “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, o‘rta ta’lim 8-9 sinflari uchun “Ona tili” darsliklari zamonaviy tipdagi qo‘llanmalar sifatida amalda.

 

Sheva – faqat muayyan hududga xos ayrim belgini o‘zida namoyon qilgan til shakli.Dialekt so‘zi gohida sheva, gohida lahja atamasi o‘rnida keladi: Toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti (lahjasi) kabi. Adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish, qat’iy me’yorni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi va undan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevasidan uzilgan emas. Adabiy til uchun sheva boyishning ichki manbasi hisoblanadi.

Adabiy til shevadan, shuningdek, bir lahja ikkinchi lahjadan, bir sheva boshqa shevadan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmiko‘pmi farq qiladi.

Fonetik farq deganda tovush jihatidan (pabrika– fabrika, man – men, jila – yig‘la kabi), leksik farq deganda so‘z jihatidan (kallapo‘sh – do‘ppi, go‘sala – buzoq kabi), grammatik farq deganda so‘z shakli yoki qo‘shimchadagi (borayapti – borvotdi – borutdi kabi) farqlanish tushuniladi.

Shevaning faqat og‘zaki shakli mavjud.

            Shevaga xos so‘z.Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos so‘z shevaga xos so‘z deyiladi: kallapo‘sh (Buxoro) – do‘ppi, g‘o‘z (Xorazm) – yong‘oq, mishiq (Farg‘ona) – mushuk, poku (Samarqand) – ustara.

Sheva so‘zi fanda dialektizm deb ham yuritiladi.

Badiiy adabiyot va kinofilmda mahalliy ruhni aks ettirish, asar qahramoni nutqini aniq berish maqsadida shevaga xos so‘zdan foydalaniladi.    

Ayrim so‘z adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda ishlatiladi. Mas., pashsha so‘zi adabiy til lug‘atida «yozgi qo‘sh parda qanotli hasharot» deb izohlangan. Biroq ayrim shevada u chivin so‘zi o‘rnida ishlatiladi. Ajal yetmay o‘lmas Boysunning xoni, Besabab chiqmaydi chivinning joni («Alpomish») gapidagi chivin so‘zi kunduzi uchadigan qo‘ng‘ir-qora tusli mayda hasharotni ifodalasa, Atrofda g‘uv-g‘uv pashsha: oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqiladi, quloqni uzadi (Oybek) gapida pashsha so‘zi mazkur hasharotning atamasi. Yoki irkit leksemasi abadiy tilda «kir, iflos» degan ma’no bilan qo‘llansa, ayrim shevada «ayron xalta», boshqasida esa «beo‘xshov, qo‘pol ko‘rinishli» ma’nosiga ega.

Sheva so‘zini uning adabiy tildagi muqobiliga sinonim sanamaslik lozim.

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligini tilning istalgan sathida kuzatishimiz mumkin. Albatta, bundan yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi «So‘z yasash» bo‘limi ham mustasno emas. Yasalma so‘zlarning so‘z yasalish strukturasi hamda har bir tilga xos so‘z yasash vositalari tizimi tarixan o‘zgaruvchan. Shunga ko‘ra, bu sathda diaxroniyava sinxroniyaaniq farqlanishi lozim. Xo‘sh, bu atamalarda qanday ma’no mujassamlashgan? Til taraqqiyotining ma’lum davrida so‘zlar qanday hosil bo‘lganligini, uning dastlabgi holati, so‘z yasalishi qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha diaxroniyayoki tarixiy so‘z yasalishideyiladi. Til taraqqiyotining hozirgi bosqichida so‘z yasash tizimini sinxroniya yoki hozirgi so‘zyasalishio‘rganadi.

Diaxroniya va sinxroniyao‘zaro bir-biriga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Chunonchi, o‘zbek tilidagi xazinachi, suvchi (Izoh: -chiaffiksi bilan ot yasalishi turkiy tillarda qadimdan mavjud va u qadimgi yodgorliklar tilida ham aks etgan. (q. Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘otit turk. II tom, -Toshkent, 1961. 54-bet), vafosiz, sensiz (q. Alisher Navoiy. Muhokamatul lug‘atayn. Tanlangan asarlar, III tom. -Toshkent, 1948.) so‘zlarida sinxronik so‘z yasalishi strukturasi diaxronik so‘z yasalishi strukturasiga mos keladi.

Ammo o‘zbek tilidagi yumsha, yurak, yuksak so‘zlarining tuzilishi diaxronik aspektda yum+sha, yur+ak, yuk+sa+k shakliga ega bo‘lsa-da, sinxronik aspektda bir o‘zak sifatida qaraladi. Chunki sinxronik aspektda ularning yum, yur, yuk so‘zlari ma’nosi bilan bog‘lanishi sezilmaydi.

Diaxronik va sinxronik so‘z yasalishi o‘zaro dialektik bog‘liq. Til taraqqiyotining har bir bosqichida mavjud qoliplar asosida yangi so‘zlar yasalishida yasaluvchi so‘zning boshlang‘ich so‘z yasalishi strukturasi emas, o‘sha davrdagi sinxronik so‘z yasalish strukturasi muhim. Chunonchi, hozirda rus tilida eng sermahsul hisoblanadigan -niksuffiksi tarixan qayta bo‘linishga uchragan, diaxronik aspekt uning asl shakli -ikbo‘lganligini ko‘rsatadi. Demak, svetnik, oxotnik so‘zlarining sinxronik so‘z yasalish strukturasi diaxronik so‘z yasalish strukturasiga mos kelmaydi. Biroq -niksuffiksi hozirda yangi so‘zlar yasashga xizmat qilmoqda: gradusnik, plotnik kabi.

Odatda, har qanday yasalma ikki a’zoli bo‘ladi: asos va formant. Birinchi yasalma bilan semantik bog‘lanishda bo‘lgan qism, ikkinchisi esa farqlovchi qism. Mas., sinfdosh so‘zining semantikasi bilan bog‘liq bo‘lgan qism sinf va bu so‘zni farqlovchi qism -dosh shakli. Yasaluvchi so‘z bilan yasalgan so‘zning ma’nolarida bog‘lanish bo‘lishi sinxronik so‘z yasalishining asosini tashkil etadi.

 

So‘z ma’no munosabatiga ko‘ra ma’nodosh, zid ma’noli, uyadosh, butun-bo‘lak, turjins munosabatidagi so‘zga, shakl munosabatiga ko‘ra esa shakldosh va talaffuzdosh so‘zga bo‘linadi.

Tuva tili– turkiy tillar oilasiga mansub til. Asosan, Rossiyaning Tuva Respublikasida, qisman, Mongoliya va Xitoyda tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 205 mingga yaqin (o‘tgan asrning 90- yili ma’lumoti). Tuva tilimarkaziy, g‘arbiy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy lahjalarga bo‘linadi.

Fonetik xususiyati: kuchli va kuchsiz undoshlar oppozitsiyasi, qisqa, cho‘ziq va faringal unlilarning mavjudligi va boshqalar. Morfologik xususiyati: jo‘nalish kelishigining maxsus shakli, shart maylining murakkab shakli, chegara mayli, birgalik, ravishdosh shakllarining mavjudligi. Sintaktik xususiyati: ot-kesimning qadimgi shakli qo‘llanishi bilan ajralib turadi. Leksik xususiyati: leksikasida mo‘g‘ul tilidan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p. Adabiy tuva tiliXX asrning 30–50- yillarida shakllangan.

Variantdosh so‘zikki yoki bir necha xil yozilishga ega so‘z. Hammasi ham imlo qoidasiga binoan to‘g‘ri yozilgan hisoblanadi. Bu so‘zni paronimvasinonimdan farqlash kerak. Paronimda yozilishivaaytilishi bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki so‘zning ma’nosi butunlay boshqa-boshqa bo‘ladi. Sinonimda esa shakli butunlay o‘zgacha, ma’no qirrasida ham farq sezilib turadi. Variantdosh so‘z ma’noda zarracha farq qilmaydi. Ular bir so‘zning ko‘rinishlari. Faqat yozilishida farq bor, xolos. Buning sababi bir varianti fonetik yozuv asosida bo‘lsa, ikkinchi varianti morfologik yoki boshqa yozuv qoidasi asosida yozilgani. Demak, bir so‘z turli yozuv (tamoyili) qoidasi asosida ham yozilishi mumkin. abr - avr; adab - odob; ajdarho, ajdahor, ajdar - ajdaho; akildoqlik - akillaklik; alaklamoq - alahlamoq; alifbo - alfavit; anovi - anavi.

Ba’zi variantdosh so‘z juft so‘z orasiga bog‘lovchi vazifasida kelgan -uaffiks-yuklamasining qo‘shilib kelishvakelmasligiga ko‘ra farq qiladi. Lekin barcha juft so‘z orasida ham -uyuklamasi biriktirilavermaydi. Masalan: baqiriq-chaqiriq, yemay-ichmay, janjal-suron kabi so‘z -uyuklamasiz yoziladi. Shuningdek, dog‘-hasrat, dog‘-hijron, balo-qazo so‘zi -ibilan, yani dog‘i hasrat, dog‘i hijron, baloyi qazotarzida yoziladi. Quyida bog‘lama vazifasidagi -uyuklamasi bilan yoziladigan juft so‘zdan keltiramiz: abgor-abgashta - abgor-u abgashta; afsus-nadomat - afsus-u nadomat ; aft-angor - aft-u angor; aft-bashara - aft-u bashara; ahd-paymon - ahd-u paymon; ajiz-niyoz - ajz-u niyoz; amr-farmon - amr-u farmon; anjom-ashyo - anjom-u ashyo; aql-farosat - aql-u farosat;

Variantdosh so‘zning ko‘pchiligi bermoq, olmoq, yubormoq ko‘makchi fe’l (harakat tarzi) bilan bog‘liq. Bu ko‘makchi fe’l o‘zi qo‘shilib kelgan yetakchi fe’lga -vermoq, -olmoq va -vormoq tarzida qo‘shiladi: bajara olmoq - bajarolmoq; beravermoq - bera bermoq; berolmoq - bera olmoq; betlasholmoq - betlasha olmoq; bilavermoq - bila bermoq.

ba- va bo- qo‘shimchalari bilan farq qiluvchi variantdosh so‘zlar ham mavjud: baadab - boadab; bama’ni - bama’no; baobro‘ - boobro‘.

Variantdosh so‘z manbalarda dublet so‘z ham deb yuritiladi.

Narsa va hodisa orasidagi vazifaviy o‘xshashlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chirish vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chirish deyiladi.

Vazifaviy ko‘chirish ham o‘xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, vazifaviy ko‘chirishda tashqi ko‘rinish o‘xshashligi emas, balki vazifa o‘xshashligi hisobga olinadi. Mas., qush tanasining uchish uchun xizmat qiladigan a’zosi qanot deb ataladi. O‘xshash harakatni bajaruvchi samolyot qismi ham shunday nomlanadi. Tugmayaktakning oldini tugib yopuvchi bog‘ich nomi bo‘lgan. Hozir shu vazifani bajaradigan odatda aylana tutqich ham tugma deyiladi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi faqat ot turkumida uchraydi.

1. adovat urug‘ini sochmoq: ig‘vo tarqatmoq, gijgijlamoq, bir-biriga tezlamoq.

2. aravani quruq olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

3. aravani quruq olib qochmoq: aravani quruq olib qochmoq

4. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.

5. chuchvarani xom sanabsan: xom xayol qilib yuribsan, xomtama bo‘libsan

6. da’vat qilmoq: biror ishga, marosimga chaqirmoq, taklif qilmoq

7. havasi keldi: biror narsaga erishish ishtiyoqi uyg‘ondi

8. kalavasining uchini topdi: jumboqni hal qilish yo‘lini topdi

9. kalavasining uchini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

10. ko‘ngliga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

11. ko‘ngliga vahima tushdi: kuchli darajada qo‘rqish hissi uyg‘ondi

12. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

13. qalbiga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

14. quruq aravani olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

15. sarkalavasini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

16. suvdan holva yasamoq: bo‘lmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq.

17. teng baravar: baravar ikki yoki bir necha qismga ajratmoq; baravar

18. tirik vazn: Hayvonning tiriklayin tortilgandagi og‘irligi

19. tishining kavagida saqlamoq: lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni.

20. to‘rva qoqdi: Oxirgi farzand, kenjatoy

21. tuya hammomni havas qilganday: O‘ziga xos va mos bo‘lmaydigan, yarashmaydigan urinish, intilish, orzu qilish holatiga nisbatan qo‘llanadigan ibora

22. uvadasi chiqqan: 1. eskirib, yirtilib to‘zgan, dabdala bo‘lgan. 2. yaroqsiz holga kelgan, «dabdala» bo‘lgan

23. vafot etmoq: O‘lmoq, olamdan o‘tmoq

24. vahima bosdi: qo‘rqinchli o‘y-xayollarga berildi

25. vahimaga solib qo‘ydi: qo‘rqitib, o‘ylantirib qo‘ydi

26. vahimaga tushdi: qo‘rqqan holda o‘ylanib qoldi

27. vahshat qilmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq

28. vahshat solmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq

29. vaqti chog‘: kayfiyati yaxshi

30. vaqti chog‘lik qildi: xursandchilik , dilxushlik qildi

31. vaqti xush: Kayfi chog‘, xursand

32. vasliga yetmoq: Visoliga erishmoq; yetishmoq

33. vatan tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

34. xolvachining teshasiday: 1. qisqa, kalta. 2. chaqqon, epchil (kishi haqida)

35. yuragiga vahima solmoq: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

36. zuvalasi pishiq: a’zoyi badani chiniqqan

37. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

38. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. Anqov – merov – ovsar – kalvak – go‘l – pandavaqi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

3. Avval – ilgari – oldin – burun – qadim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tarixiylik belgisining ortishiga ko‘ra)

4. Avvalgi – hozirgi – keyingi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamon belgisiga ko‘ra)

5. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

6. Bemahal – bevaqt – bemavrid
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oz-ko‘p qo‘llanilishiga ko‘ra)

7. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

8. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

9. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

10. Ezma – ezma –churuk – mijg‘ov – lattachaynar – mag‘zava
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

11. Farosatli – zehnli – didli – zakovatli – zukko – zakiy – zol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

12. Gavdali – jussali – barvasta – norg‘ul – qomatdor – barzangi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

13. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

14. Ilova – risola – gazeta – jurnal – kitob
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lam darajasiga ko‘ra)

15. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

16. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

17. Kuchli – baquvvat – zabardast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

18. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

19. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

20. Maslahat – kengash – mashvarat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish davrining tarixiyligiga ko‘ra)

21. Og‘ir – vazmin – zil – zalvorli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

22. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

23. Qo‘rqinch – qo‘rquv – vahima – dahshat – vahshat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

24. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

25. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

26. So‘z bermoq – va’da bermoq – lafz qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchlikuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

27. Sodiq – sadoqatli – vafodor – fidokor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

28. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

29. Va’da – ahd – ahd-paymon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

30. Vaqt – payt – fursat – palla – la hza – on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

31. Vaysamoq – vaqillamoq – javramoq – to‘ng‘illamoq – ming‘illamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

32. Yanvar – fevral – mart – aprel – may- iyun – iyul – avgust – Sentyabr – oktyabr – noyabr – dekabr
Ma’nosiga ko‘ra
(ketma-ket joylashuviga ko‘ra)

33. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

34. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.