1. 1. Bo‘yiga cho‘zilmoq, uzunlashmoq.
Yo‘l uzaydi. Quyosh og‘ib, soyalar uzaydi.
▬
Katta-kichik daraxtlarning yerga tashlagan ko‘lankalari, gerdayib ko‘kka uzaygan haybatli qayrag‘ochlar sirli, vahimali ko‘rindi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Uzoq vaqt davom etmoq, cho‘zilmoq.
Kambag‘al ro‘za tutsa, kun uzayar.
Qanotli so‘zlar
Sentyabrning oxirlari. Kunlar qisqarib, tunlar esa uzaya boshlaydi.
T. Obidov, Yusufjon qiziq