1. 1. Odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat (Uyquda nerv sistemasi, asosan, bosh miya po‘stlog‘ining faolligi pasayadi, ong, muskul tonusi va sezuvchanlik susayadi). Qattiq uyqu. Shirin uyqu. Uyqum keldi. Uyqu arslonni ham yiqitar. Maqol G‘ulomjonning uxlab qolganini ham, uyqusida shirin tushlar ko‘rayotganini ham bilmaydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha Doridan ichgandan keyin yurak siqilishi kamayib, uyqusi ham bir oz yaxshilandi. O‘. Usmonov, Sirli sohil Ishtaha yo‘q, uyqu buzilgan, boshim ari to‘ldirilgan qovoqdek guvullagani-guvullagan. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati Koshona egalari [ro‘zada] salqin xonalarda yotib, uyqu bilan jon saqlashni odat qilganlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. ko‘chma hma Hayotdan to‘xtagan, harakatsiz, shovqin-suronsiz, tinch holat (tabiat hodisalari va shu kabilarga nisbatan). Ona tabiat, ertangi kurash oldidan miriqib dam olishga chog‘langan pahlavonlarday, og‘ir uyquga cho‘mgandi. O‘. Usmonov, Sirli sohil Dov-daraxtlar qish uyqusidan uyg‘onib, bahorni olqishlaydilar. Gazetadan Asrlar uxlagan sahro uyqusin Mahv etdik, bir yo‘la ayladik bedor. G‘ayratiy
1. mast uyqu: Rohatli qattiq uyqu.
2. uyqu bermaslik: Uxlashga qo‘ymaslik, uxlatmaslik
3. uyqu elitmoq: ayn. uyqu olmoq
4. uyqu olmoq: Uyqu o‘z ta’siriga tortmoq
5. yarim uyqu: Chala uyqu, uyquli-uyqusiz holat