1. 1. Uxlamagan holatli.
Vaqt yarim kechaga yaqinlashgandi. Saodat hamon uyg‘oq, xayol suradi.
X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari
Kemadagilarning hech qaysisi uxlamas, bari uyg‘oq.
J. Sharipov, Xorazm
2. ko‘chma hma Harakat-faoliyatda bo‘lgan; hushyor.
Kechalari kipriklarimday Mangu uyg‘oq o‘ylarimdasan.
X. Davron, Bolalikning ovozi
Ariqlarda doim uyg‘oq suv, Polizlarga ketadi shoshib.
R. Parfi, Ko‘zlar