1. 1. Kishi uyaladigan, kishini uyaltiradigan; xijolatli. Xolmurod bu haqda endigina shubha qilar, go‘yo bir uyatli ish qilib qo‘yganday, o‘z-o‘zidan nomuslanar edi. M. Abdulla, Kutilmagan mehmon Bolalar ketib qolishibdi juda uyatli ish bo‘ldi-ku-a! O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Uyat bo‘ladigan, uyat mazmunli. Dori Zohid [o‘zining] qozikalon o‘g‘li bilan boshidan o‘tkazgan hodisalarni uyatli ta’birlar bilan yozib qo‘ygan ekan. S. Ayniy, Esdaliklar O‘tkinchilarga uyatli gaplar ayta boshladi, hatto bir xotinga hujum qildi. A. Qahhor, Sarob
1. Badnom – uyatli – sharmanda – sharmsor Bo‘yog‘iga ko‘ra (salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)