1. 1. Ayb, gunoh.
Yoshgina emadigan chaqalog‘i bo‘lmaganda ham mayli edi, unga qo‘l tegizmoq uvol!
I. Akram, Adolat
Mehmonlar to‘yga borib xursand bo‘lishmadi. To‘yboshining orzu-havasi uvolga, zamon so‘zi bilan aytsak, gunohga aylandi.
N. Safarov, Olovli izlar
2. 2. Foydasiz yoki bevaqt yo‘q bo‘lish, yo‘qolish; nest-nobud.
Umr uvol, uvol, bahor mevalarin, Yoshlik bo‘salarin to‘yib totmasang.
A. Muxtor
Xohishlaring bo‘lmasin uvol!
H. Olimjon
3. ko‘chma hma Birovga ozor bermaydigan, ziyon yetkazmaydigan; yuvosh, zaif.
[Akram:] Iye, hali sutdan oq, musichadek uvolman deng? O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
▬
Boya chumolidek uvol ko‘ringan qizdek yigit endi kiyikdek yel quvib uchib borardi.
S. Ahmad, Cho‘l burguti
4. 4. Og‘ir, qiyin, ayanchli.
Jo‘jabirdek jon, bolalariga uvol bo‘ldi.
N. Safarov, Uyg‘onish
Oyoq-qo‘li butun bo‘la turib, chumchuqdan battar uvol yashaydigan odamlar ham bor.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar