Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uvada}
So‘z bo‘g‘inlari: u-va-da
Izoh(lar)i:
uvada ot

1. 1. Kiyim, to‘shak va shu kabilarning to‘zgan, uzilgan parchasi. Men sovuqdan saqlanish uchun uvadasi oqib yotgan ko‘rpa-to‘shaklarga o‘ralib olar edim. H. Tursunqulov, Hayo-tim qissasi
Nihoyat, to‘nidan uvada olib otibdi Shunaqa, To‘lagan aka, dushman otgan toshdan jigar otgan uvada qattiq tegadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Eskirib, sitilib, yirtilib dabdala bo‘lgan kiyim-kechak; latta-putta, eski-tuski. Chuvrindilarga o‘ralgan La’li uvadaga o‘ral -gan go‘dagini quchoqlab po‘stak ustida o‘tirardi. H. G‘ulom, Mash’al
Zangdan qorayib ketgan temir karavot ustida ko‘rpanamo eski uvadalarga burkanib Dorobbek yotardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Bolor ham xoda bozori. Paxta, uvada bozori Ravshan

3. sft. ft. Yirtilgan, to‘zgan, uvada holga kelgan. Uvada kamzulda billur tugmaday Bulutlar ortidan boqadi yulduz. A. Oripov

4. ko‘chma hma Uvadaga o‘xshash narsa haqida. Oppoq uvada bulutlarni shamol haydaydi. S. Zunnunova, Go‘dak hidi
Bir yonda sudralgan qish uvadasi: Irkit qor uyumi, to‘nggan nam tuproq. R. Bobojon
etda-betda uvada qorlar sochilib yotardi. Mirmuhsin, Qulamas qoya

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: juldur
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. uvadasi chiqqan: 1. eskirib, yirtilib to‘zgan, dabdala bo‘lgan. 2. yaroqsiz holga kelgan, «dabdala» bo‘lgan

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.