Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ustoz}
So‘z bo‘g‘inlari: us-toz
Izoh(lar)i:
ustoz ot

1. 1. Kasb, hunar, ilm va shu kabilarni o‘rgatuvchi; o‘qituvchi, muallim. Ustozidan saboq olgan, auditoriyalarda bo‘ladigan bahslar va jiddiy mashg‘ulotlarda qatnashgan student, bo‘shagan zahoti, ikkinchi uyi — yotoqxonaga shoshiladi. Gazetadan.

2. 2. Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy; rahnamo, o‘qituvchi, muallim. Bobur otdan tushib, ustozi bilan ko‘rishar ekan, birdan ko‘ngli yumshab, ko‘zlariga yosh quyilib keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Shunday qilib, kitobni ko‘tarib, ming istihola bilan ustoz Mirtemirga yaqinlashdim. Gazetadan
Sizlar, sizlarning ustozlaringiz otning qashqasiday ma’lum bo‘lib qolgansiz. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.