1. 1. Biror narsa yasash, tayyorlash yoki ta’mirlash uchun maxsus jihozlangan kichik muassasa va uning binosi.
Umarali texnika ustaxonasi oldida qatorlashib turgan mashinalar ichida Pobeda ga havas bilan qaradi.
I. Raxim, Ixlos
Avaz yarim soatcha dam tortib o‘tirdi-yu, bu tor, nimqorong‘i ustaxonadan zerikib, chiqib ketdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Korxona, xo‘jalik va shu kabilarda ustachilik, ta’mirlash ishlarini olib boruv-chi bo‘lim.
Xo‘jaliklarning ustaxonalari bu ishga moslashtirilmagan, yig‘ish sifati texnika talablariga mutlaqo javob bermaydi.
N. Xudoyqulov, Yer tafti
Har bir o‘quv kabineti va ustaxonaga kombinat bo‘linmalarining rahbarlari biriktirib qo‘yilgan.
Gazetadan
3. 3. Rassom, haykaltaroshning ish olib boradigan joyi, xonasi (xonalari).
Rassom o‘z ustaxonasida yolg‘iz ijod qiladi.
Gazetadan