Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uskuna}
So‘z bo‘g‘inlari: us-ku-na
Izoh(lar)i:
uskuna ot

1. 1. Muassasa, korxona uchun zarur bo‘lgan narsalar, ashyo; jihoz. Oshxona uskunalari. Maktab uskunalari. Laboratoriya uskunalari. [G‘ulomjon:] Taqsirim mening maktabimni g‘orat qildim, uskunalarini yondirdim, deb xursanddirlar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan meditsina-sanitariya markazi qurib, foydalanishga topshirildi. S. Anorboyev, O‘zbekiston oltini

2. 2. Kasb-hunar amaliyotida zarur bo‘ladigan qurol va moslamalar. Duradgorlik uskunalari. Naqqoshlik uskunalari.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.