1. 1. Nonning mayda bo‘lakchalari; uvoq.
Suxari ushog‘i. Patir ushog‘i.
▬
— Qad-dini ko‘targuncha, zavodchi boylardan soliq olinmasligi kerak, — dedi non ushoqlarini terib o‘tirgan Yolmonboy.
J. Sharipov, Xorazm
Rahmim kelib ularga, Ayvonchaga don sepdim. Har xil narsa: qo‘noq, so‘k Hamda ushoq non sepdim.
Uyg‘un
2. 2. Jussasi, gavdasi kichik, zaif, nimjon.
Ushoq kishi,
▬
Hikoyani tinglagan sarim, bu qotma, ushoq chol ko‘z o‘ngimda salobat kasb etib gavdalanardi.
H. Nazir, Uzr, otaxon
Yoshi qirq beshga borib qolgan ushoq, pakana Nurullayev turmada battarroq cho‘kdi.
J. Sharipov, Xorazm
3. shv. hv. Bola, bola-chaqa.
[Oqsoqol:] Mo‘g‘ul kelib, o‘zimizni qul qilib olsa, xotin, ushog‘imizni bozorga chiqarib sotsa, yaxshimi?
M. Osim, O‘tror