1. 1. O‘simlikning murtak, oziq moddalari va qobiqdan iborat hosili; don, tuxum.
Sochilgan urug‘ unib chiqdi. Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.
Maqol
Ter to‘kib, sochsang urug‘, yer seni qo‘ymas quruq.
Maqol
Ko‘klam-da ona-bola tog‘ etagidagi qo‘riqqa chiqib, belkurak bilan yer ag‘darib, lalmi bug‘doy ekishdi, lekin qurg‘oqchilik bo‘lib, urug‘ga ham chuv tushishdi.
P. Qodirov, Uch ildiz
2. 2. Jonivorlar, hasharotlarning jinsiy hujayrasi; tuxum.
Bir chug‘urchuq bir kunda o‘n mingtagacha hasharotni yeydi. Hasharot esa, yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun, millionlab tuxum qo‘yadi.
S. Nurov, Narvon
3. 3. Ipak qurti kapalagining tuxumi, qurt urug‘i.
Samarqand qurt urug‘i zavodi faqat oq pilla o‘raydigan ipak qurti urug‘lari tayyorlay boshladi.
Gazetadan
4. biol. ol. Erkaklar jinsiy bezi ishlab chiqaradigan, jinsiy hujayralardan iborat suyuqlik; sperma, maniy.
5. ko‘chma hma Ko‘paytiradigan, ko‘payadigan, urchiydigan narsa.
Bolaligida uning miyasiga ilm urug‘i qadalsa, keyin sermeva daraxt bo‘lib unib chiqqay.
M. Osim, Ibn Sino qissasi
Nizomulmulk fitna urug‘ini uzoqni mo‘ljallab, juda maxfiy sepmoqda.
Oybek, Navoiy
6. 6. (3-shaxs birlik shaklida: urug‘i) Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, shu so‘z anglatgan narsa yoki shaxs toifasi, ko‘pligi ma’nosini bildiradi; zoti.
Bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa — xotinning urug‘i Hirotdan kelgan emas!
A. Qahhor, Asarlar
Dunyoda kitob urug‘i borki, hammasini o‘qib bo‘ldim.
Mushtum
7. 7. Bir ota-bobodan, bir ajdoddan kelib chiqqan kishilar guruhi; avlod.
Bir urug‘idanmiz aloqalarimiz buzilmasin.
Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Sulton Ahmadbek oraga odam qo‘ygan. Butun urug‘lari bilan sizning marhamatingizga muntazir.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
8. 8. Ibtidoiy jamoa tuzumida: o‘zaro qon-qardosh bo‘lgan kishilardan iborat dast-labki asosiy tashkilot, uyushma, jamoa.
Ilgari oqsoqollar boshchiligidagi har bir urug‘ o‘zini bir-biridan yuqori qo‘yar, bir-birining odatidan, tilidan kular edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Shiroq, bizning urug‘dan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol.
M. Osim, Shiroq