1. Arzimas bahona tufayli kishilar bilan urishaveradigan; janjal chiqaraveradigan; janjalkash.
Urishqoq bola. Gulnor qaynanalarning ko‘pining badfe’l, urishqoq bo‘lishini yaxshi bilsa-da, Yo‘lchining onasini mehribon, ko‘ngilchan, g‘oyat samimiy bir qaynana kabi tasavvur qildi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Urishadigan, zo‘r, zo‘ravon.
Shu payt obdan boqilib sovitilayotgan urishqoq xo‘rozlar mehmonlar o‘tirgan uy derazasiga kelib, o‘z akslari tushgan oynani cho‘qiy boshladilar.
Mushtum