Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uqala} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: u-qa-la-moq
Izoh(lar)i:
uqala fl

1. 1. Badanni yoki uning biror qismini bosib silamoq, ezg‘ilamoq, ishqalamoq. Anorxon kechasi bilan kampirning boshlarini uqalab, xo‘rozlarning tovushlarini tinglab chiqdi. I. Rahim, Ixlos
Afg‘on choyfurush qornini to‘yg‘azib bo‘lib, darrov oyoqlarini cho‘zdi, tizzalarini uqalab, gapga tushdi. A. Muxtor, Opa-singillar
Said ko‘zini yirtib, qovoqlarini uqalab, uyqusini qochirdi. Y. Muqimov, Olov va nihollar

2. 2. Ishqab ko‘chirmoq. Tergovchi o‘ylanib qoldi va zo‘r berib peshonasining kirini uqalar edi. A. Qahhor, Sarob
Ashur kiyimlariga yopishib qurib qolgan loyni uqalab tushiryapti. P. Qodirov, Uch ildiz

3. 3. Ishqab, donalarni so‘ta, po‘st va shu kabilardan ko‘chirib tushirmoq, ajratmoq, tozalamoq. Kungaboqarni uqalamoq. Jo‘xorini amakimning o‘g‘li uchdan birga qayirib, uqalab, keltirib berdi. G‘. G‘ulom, Tirilgan murda
Qozi piyolani oldiga qo‘ydi-da, so‘yilgan anordan katta bir bo‘lagini olib, yirik qizil donalarini kaftiga uqalay boshladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.