Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {unvon}
So‘z bo‘g‘inlari: un-von
Izoh(lar)i:
unvon [un-von ]

1. Maktub ustiga yozilgan nom, qayerga, kimga jo‘natilganlik haqidagi yozuv. Kumush xatni xotinning qo‘lidan olib, rahmat aytdi va xatning unvoniga ko‘z tashladi: Marg‘ilon shahrida sokin Mirzakarim qutidor hovlisiga. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Biror ish-faoliyat sohasidagi alohida xizmatni yoki mutaxassislik darajasini rasman e’tirof etadigan, vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Professorlik unvoni. Xalq artisti unvoni. Ertasiga kelib, uni leytenant unvoni va vzvod komandiri vazifasi bilan tabrikladi. Shuhrat, Shinelli yillar

3. Meros bo‘lib keladigan yoki ish-vazifa darajasini ko‘rsatuvchi, shuningdek, in’om qilingan hurmatli, faxriy nom. Knyazlik unvoni. Qorilik unvonini olish uchun men ham bel bog‘lagan edim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.