Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {universitet}
So‘z bo‘g‘inlari: u-ni-ver-si-tet
Izoh(lar)i:
universitet [u-ni-ver-si-tet ]

1. Tarkibida bir qancha tabiiy-matematik va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi fakultetlari bo‘lgan, ayni yo‘nalishlarda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlaydigan ko‘p tarmoqli oliy o‘quv-ilmiy muassasa. O‘zbekiston milliy universiteti. Universitetga kirmoq. Men sizni universitetda o‘qitaman, aspiranturada o‘qitaman. A. Qahhor, Og‘riq tishlar

2. Umumiy ma’lumotni va siyosiy bilimni oshirish sohasidagi bir qator o‘quv muassasalarining nomi. Xalq universiteti. Gazetadan

3. Bilim, malaka, tajriba va shu kabilarni egallash, oshirish uchun manba bo‘lgan dargoh, joy. Qizilqum ko‘pgina yigit-qizlar uchun universitet ham bo‘ldi. S. Anorboyev, O‘zbekiston oltini

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bog‘cha – maktab – litsey – kollej – institut – universitet
Ma’nosiga ko‘ra
(ta’lim-tarbiya ko‘lami va salohiyatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.