Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {umrbod}
So‘z bo‘g‘inlari: umr-bod
Izoh(lar)i:
umrbod [umr-bod ]

1. Hayotining oxirigacha, o‘lgunga qadar; o‘lgunicha. Bordi-yu, El-murod qasos olsa, bu sir unga, Muharramga umrbod sir qolib ketar, motam tutar. Shuhrat, Shinelli yillar

2. Hamma vaqt; mangu, abadiy. Sayr etaylik, kel birga, erkam, Rozi ketsin bizdan umrbod — Shodlik uchun yaralgan olam, Sevmoq uchun berilgan hayot. E. Vohidov

Antonim(lar)i: vaqtincha
Sinonim(lar)i: abadiy [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Abadiy – mangu – umrbod – toabad – ilalabad.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.