Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {umid}
So‘z bo‘g‘inlari: u-mid
Izoh(lar)i:
umid ot

1. 1. Biror istakning amalga oshishiga bo‘lgan ishonch; ishonch bilan kutish; e’tiqod. Sizdan umidimiz katta. Sendan umidim shumi? Taassufki, otamning Azizbekdan bo‘lgan umidi bo‘shga ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bu kambag‘alchilik yorug‘ dunyodan bo‘lgan umidimizni emas, yorug‘ dunyodan bo‘lgan umidimiz bu kambag‘alchilikni yeb, kemirib tashlayotipti. A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari

2. 2. Biror narsa qilishga, biror narsaga erishishga bo‘lgan ichki intilish, ichki hissiyot; istak, orzu, niyat. Hayotni bilish va undan o‘zining loyiq o‘rnini topishga intilish — har bir kishining umidi. Shuhrat, Shinelli yillar
O‘zganiki bo‘lsa ham, o‘g‘il qilib olaylik, degan umidda bola qidirib yuribmiz. I. Rahim, Chin muhabbat
Qizga ota-onasi katta umid bilan Subh deb nom qo‘ygan ekanlar. Mirmuhsin, Al Mahdiy

3. 3. Umid bog‘lamoq Orzu qilgan narsaning amalga oshishiga, bunda birovning ko‘magiga umid bilan qaramoq. — Kim agar g‘alabaga umid bog‘lasa, albatta, g‘olib keladi, — dedi Jo‘raxon. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga umid bog‘lagan edim P. Qodirov, Yulduzli tunlar

4. 4. Umid (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi

2. umidini uzdi: ko‘nglidagi oxirgi ilinjini ham yo‘qotdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.