Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uloq} - tir ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: u-loq-tir-moq
Izoh(lar)i:
uloq ot

1. 1. 1 ot Ulanadigan narsa. Uloq solmoq. Arqonning ulog‘ini olib tashlamoq. Yirtig‘ingizga yamoq, uzug‘ingizga uloq tegmay yurardingiz, — dedi Nafisa eriga. Shuhrat, Jannat qidirganlar

2. sft. ft. Turli yo‘l bilan (bog‘lash, tikish, yelimlash, kavsharlash, mixlash va shu kabilar bilan) o‘zaro tutashtirib, mahkamlab biriktirib qo‘yilgan, ulangan bir necha bo‘lakdan iborat, yaxlit emas. Uloq arqon. Uloq dasturxon. Uloq sim. Uloq tunuka. Boy bobomning qizlari, Sochi uloqqa o‘xshaydi. Oq olma, qizil olma

3. ot ot Narsaning bo‘laklari o‘zaro ulanganda hosil bo‘lgan tuguni yoki choki, ulangan joyi. Arqonning ulog‘i. Pardaning ulog‘i. Elektr simining ulog‘i. Tunukaning ulog‘i.

4. 1. Echki bolasi. Hozir yuzlab mayin junli qo‘zi va uloqqa egamiz. S. Anorboyev, Oqsoy
Ko‘z oldimga ko‘m-ko‘k o‘tloqlar o‘tlab yurgan jajji uloqlar, barra qo‘zichoqlar keladi. N. Fozilov, Qush qanoti bilan

5. 2. Har bir otliq o‘rtaga so‘yib tashlangan uloqni (odatda echki yoki kichikroq buzoqni) bir-biridan kuch bilan tortib olib, tezroq marraga eltib tashlash uchun kurashishdan iborat milliy sport o‘yini; ko‘pkari. Ot boqqaning — uloqqa, Qo‘y boqqaning — qo‘noqqa. Maqol
Uloqda otdan yiqilib boshi yorilgan, qo‘l-oyog‘i singan chavandozlar inqillashib yotmoqda. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Himmatning zvenosidagi yigitlarning ikkitasi front ko‘rgan qolganlari uloqlarda sovrin olgan yigitlar edilar. M. Muhamedov, Qahramon izidan

6. 3. Shunday sport musobaqasida o‘rtaga tikilgan — so‘yib tashlangan echki yoki buzoq. [Qambar:] Uloq olish uchun chavandoz bo‘lish kerak, ukam Obidjon. Oybek, Tanlangan asarlar
Ana, bir otliq boshsiz uloqni taqimiga bosib, to‘yxonadan chiqdi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: otmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: ulog‘ Uzilgan narsaning bir-biriga ulanib qo‘yilishi, ulangan.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.