1. Umum tomonidan qabul qilingan va amal qilinadigan tartib; odat, rasm.
Toshkentlikda bag‘oyat qadim Yashab kelar ezgu bir udum: Uchrashganda birinchi so‘roq — Tinchlikmi? deb hol surishtirmoq.
M. Shayxzoda
2. Ayrim shaxsga xos ish-mashg‘ulot, odat.
Parrandaga o‘ch: hali qarqunoq tutib keladi, hali bedana. Bobosining udumini qilib, ovchi bo‘laman, deydi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar