1. Uchramoq fe’lining birgalik nisbati.
Bo‘ronbek bilan Komil Chirchiqdan o‘tayotganda, qizillar to‘sig‘iga uchrashibdi
H. G‘ulom, Mash’al
2. Biror maqsad bilan huzurida bo‘lmoq; uchramoq
Ma’qul, agar bu kun domlaga uchrashsam, javobini ertaga olaman, deyaymi?
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Biror maqsad bilan o‘zaro muloqot qilmoq, ko‘rishmoq.
Ahmedov Saodatxonning rayono mudiri Vohidov bilan uchrashmoqchi bo‘lganini eshitib, sal o‘zgarib qoldi.
S. Zunnunova, Yangi direktor