Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uchra} - sh ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: uch-rash-moq
Izoh(lar)i:
uchra fl

1. 1. Qarshisidan chiqmoq, duch kelmoq. Yo‘lda ikki otliq uchradi. Bu joy-da birorta tanish uchramadi. Sel oqimi yo‘lida uchragan hamma narsani ostin-ustun qilib, shaharga bostirib kelardi. Gazetadan

2. 2. Huzurida, suhbatida bo‘lmoq; uchrashmoq. Otasiga uchrab, o‘zimni tanitdim, qimtinib, tortinib, arzimni aytdim. Mushtum
Ana shundan keyin G‘ulomjon shaharga tushib, to‘g‘ri hokimga uchradi. U ham mingboshiday yumshoq muomala qildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Qismatiga tushmoq, nasib bo‘lmoq, yo‘liqmoq. Qo‘yaver, xotin, shu qizga ham menga o‘xshagan ko‘sa kuyov uchrasin. S. Ahmad, Hukm
Hech qayerda bunday ulgurji g‘animat uchramadi. A. Qahhor, Bashorat

4. 4. Mavjud bo‘lmoq, bo‘lmoq. Bu kasallik ko‘pincha yoz oylarida tarqaladi va 2—8 oylik qo‘zi, uloqlarda ko‘proq uchraydi. Fan va turmush
Mening boshqalarda uchramaydigan yana bitta fazilatim bor. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

5. 5. Duchor bo‘lmoq, yo‘liqmoq. Tavba deng, bolam, bo‘ydoqsiz, yana shunday tannozlardan biriga uchrab Guldasta
Umrim pakkasiga yetay deganda, xudoning qahriga uchradim, qizim. K. Yashin, Hamza
Mariyaning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.