1. Yonib yoki laqqa cho‘g‘ bo‘lib turgan moddadan otilib, uchib chiquvchi zarra
Yiltiragan cho‘g‘ yerga tushib, ojiz uchqunlar sachratib so‘ndi.
M. Muhamedov, Qimmat bilan Himmat
2. Narsalarning bir-biriga tegishi, urinishidan hosil bo‘luvchi olov-zarra.
Tohir boltani., goh qulfga, goh darvoza zanjirining zulfiniga urar, temirdan uchqun sachrar edi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Narsalarning sachraydigan, sochiladigan eng mayda bo‘lagi, zarrasi.
Sovuq shamol zo‘rayib, qor uchqunlari burunga, ko‘zga, peshonaga urila boshladi.
H. G‘ulom, Mash’al
4. Sezgi, hissiyot, qobiliyat va shu kabilar belgisi.
Lekin ko‘nglida goho yilt etgan uchqun chaqnaydi. Bu —umid, ro‘shnolik, najot uchquni.
S. Siyoyev, Avaz
5. Erkaklar ismi