Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uchastka}
So‘z bo‘g‘inlari: u-chast-ka
Izoh(lar)i:
uchastka [u-chast-ka ]

1. Biror maqsadda ajratilgan yer bo‘lagi, maydon. Bundan chiqadigan suv bilan maktab uchastkasinigina emas, unga tutashgan tomorqa yerlarni ham sug‘orish mumkin. H. Nazir, Cho‘l havosi

2. Yer maydoni, dalaning biror belgisi bilan o‘ziga xoslikka, alohidalikka ega bo‘lgan bo‘lagi. Ko‘chatxonada bir uchastka tayyorlanib, unga majnun archa ko‘chatlari o‘tqazildi. Gazetadan

3. Ma’lum bir xo‘jalikning hududiy jihatdan ajratilgan, alohida bo‘limi. O‘rmonjon bugun, negadir hamma uchastkaga bordi, kechga yaqin uyiga qaytdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. Biror nuqtayi nazardan chegaralanish-da hududiy ichki bo‘linma, bo‘linmalar; hu-dudlar. Xalq sudlarining hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan uchastka sistemasini tugatish va yagona tuman (shahar) xalq sudlarini tuzish ko‘zda tutiladi. Gazetadan

5. Ma’lum bir ish-faoliyat olib borilayotgan, unga oid joy, obyekt. Qurilish uchastkasining boshlig‘i Gulboy Bo‘riyevning ishonchi komilki, yirik obyekt ham belgilangan muddatda a’lo sifat bilan topshiriladi. ʻzbekiston qo‘riqlari

6. Xususiy uy-joy qurish uchun rasmiy ravishda ajratib berilgan yer, maydon va unda barpo etilgan hovli-joy. Ularning uchastkasi hali bitmagan, ikki uyni xomsuvoq qilib, ko‘chib kirishgan edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.