1. Uchmoq fe’lidan sifatdosh.
Uchar qushdan ulgi olgan jonivor, Minganning ko‘nglida qolmaydi g‘ubor.
Yodgor
2. Uchganday tez yuradigan, juda tez chopadigan; chopqir.
Bo‘taboy aka bu kunlarda o‘zini hali ot minishni durustroq bilmay turib, juda uchar otda uloqqa kirgan kishiday seza boshladi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. Hiyla-nayrang bilan har nar-sani undira oladigan, har narsaga erisha oladigan; epchil.
To‘lqinjon, kim aytadi seni olg‘ir, uchar yigit deb. Mana yarim yilcha bo‘lib qolibdi-ku, bitta qishloqi qizning muhabbatini qozonolmaysan.
F. Musajonov, Huri