1. 1. Buzilgan-netgan yeri yo‘q, ishlab turgan yoki ishlay oladigan.
Televizor tuzukmi, buzuqmi? Motor tuzuk ishlab turibdi.
2. 2. Kamchiligi, yomon yeri yo‘q; durust, yaxshi; binoyi.
Tuzuk yigit. Bu ish tuzuk tashkil qilinmabdi.
▬
O‘zi tuzuk shoir, biroq tanqidni ko‘tarmagani yomon.
A. Qahhor, Sarob
Kenja yigit qishloqda Tura oldi bir oycha, Turmush tuzuk bo‘lsa-da, Ammo baxti uzoqda.
Z. Diyor
3. 3. Dard-kasali yo‘q, sog‘, sog‘lom; sog‘lig‘i qanoatlanarli.
Ota, tuzukmisiz? Tuzuk bo‘lib ketdingizmi?
▬
Xayriyat, onangizning ahvoli ancha tuzuk bo‘lib qoldi, isitmasi ham qaytdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uyg‘otmang.
A. Qahhor, Bemor
4. rvsh. sh. Qoidasi bilan, durustgina, yaxshilab.
Tuzukroq, mazmunliroq gapirsangiz-chi. Tuzukroq o‘tiring.
▬
Xayolingiz qayerda, nima so‘zlayapsiz, oyi? Tuzukkina gapiring!
Oybek, Tanlangan asarlar
5. tasdiq yukl. kl. Yaxshi. xo‘p, mayli, ma’qul.
— Ertaga kitobni ola kel, tuzukmi? -
Tuzuk, olib kelaman
— Siz kirgandan keyin men eshikni ustingizdan yopib olaman-da, bir ozdan so‘ng oldingizga kelinning yolg‘iz o‘zini kirgizaman, tuzukmi? — Tuzuk.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
6. tar. huq. Qonun-qoidalar to‘plami; nizom.
Amir Temur tuzuklari.