Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tuzoq}
So‘z bo‘g‘inlari: tu-zoq
Izoh(lar)i:
tuzoq ot

1. 1. Qush yoki boshqa ovlanadigan hayvonlarni tutish uchun odatda qildan yasaladigan sirtmoqli moslama. Tuzoq qo‘ymoq (qurmoq). [Suvonjon] Ot dumidan eshib to‘qilgan tuzoqlarni kaklik kelishi ehtimol topilgan yerlarga shaxmat tartibida o‘rnashtirardi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. ko‘chma hma Umuman, qo‘lga tushirish yoki o‘ziga og‘dirish uchun ko‘rilgan tadbir yoki ishga solingan vosita; dom. Bilmagan ishga urinma, Urinib tuzoqqa ilinma. Maqol
Lekin o‘zi lapashang bo‘lsa ham, balo! Qora-suvning gulday qizini tuzog‘iga tushirgan. O. Yoqubov, Izlayman
Jon talvasasida qolgan dushman Umurzoq otani tuzoqqa tushirish yo‘liga o‘tdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
[Solihboy:] Xayriyat, bu ish ham xamirdan qil sug‘urganday jo‘ngina bitdi. G‘ofirni endi butunlay ipsiz tuzoqqa ilintirdim. Hamza, Boy ila xizmatchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.