1. 1. Barpo etmoq, vujudga keltirmoq, yaratmoq.
Armiya tuzmoq. Komissiya tuzmoq. Jamiyat tuzmoq. Partiya tuzmoq.
▬
Temur tuzgan saltanatning vorisligi Shohruxdan keyin Ibrohim Sultonga o‘tishiga umid bog‘lashardi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Tarkibiy qismlardan yaxlit narsa yaratmoq, tarkib etmoq, tartib qilmoq.
Jumla tuzmoq. Ro‘yxat tuzmoq. Ertangi ishga bugun reja tuz.
Maqol
Biz nutqimiz-da ayrim so‘zlarni o‘zaro biriktirib, gap tuzamiz va fikrimizni bayon qilamiz.
O‘zbek tili darsligi
3. 3. Turli material, ma’lumot va shu kabilarni yig‘ib va ma’lum tartibda joylashtirib, yaxlit bir holga keltirmoq; yaratmoq.
To‘plam tuzmoq. Ikki tilli lug‘at tuzmoq. Darslik tuzmoq.
▬
Ular Avazning ko‘hna, yangi g‘azallarini tartibga solib, bir devon tuzmoqchi bo‘ladi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
4. 4. Rasmiy ravishda kelishib, biror hujjat yozmoq.
Dalolatnoma tuzmoq.
▬
[Mirzakarimboy] O‘g‘li Hakimboyvachchaning paxta savdosi yuzasidan o‘ris firmalari bilan yaqinda tuzgan shartnomasi ustida o‘ylab ko‘zlarini yana mahkamroq yumdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ikkala hukmdor yarash bitimi tuzubdurlar.
M. Osim, Ibn Sino qissasi
5. 5. Uyushtirmoq; qurmoq, qilmoq.
Ular yuksak oilalarning o‘g‘illari. Ularning kissalarida oltin-kumush mo‘l. Ular kechalar shirin suhbatlar tuzadilar.
Oybek, Navoiy
G‘alaba munosabati bilan Muzaffar mirzo katta ziyofat tuzdi.
Oybek, Navoiy
6. kam qo‘ll. ll. Ayn. tuzatmoq 2.
Buzilgan ishni botir tuzar. Maqol. Ota buzsa, bola tuzar.
Maqol
7. ayn. yn. Tuzamoq.
Elda qolgan kattalar To‘lg‘onning oldida dasturxonni tuzib, olib ketib xizmat qilib turdi.
Oysuluv
Erlarga o‘xshab, mundoq bir oz chaqchaqlashib o‘tirsangiz nima qiladi. Ne-ne umid bilan dasturxon tuzgan edim.
Shuhrat, Jannat qidirganlar