1. 1. Ba’zi sutemizuvchi hayvonlarning oyoq uchidagi, shoxsimon moddadan tuzilgan tayanch qismi.
Otning tuyog‘i. Tuyoq tovushlari.
▬
Loyi ko‘pirib yotgan yo‘lda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil bo‘lgan chuqurchalarni limmo-lim to‘ldirgan sarg‘ish zardoblar jimirlab, yoniveridan sirqib yotardi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Ot, eshak, mol tuyoqlarining tapir-tupuri bosildi.
S. Anorboyev, Oqsoy
2. ko‘chma s. t. t. Uy hayvoni, mol.
Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Chorvam bor desam degunday bu yil yana tuyoq sotib oldik.
I. Rahim, Ixlos
3. 3. Bosh (mollarning soni haqida).
Chorva tuyog‘i ko‘paydi, mollarning naslini yaxshilash, qishlovga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasida ham anchagina ishlar qilindi.
A. Rahmat, Ellik bir bahodir
4. ko‘chma hma Zurriyot, tirnoq.
Siz hurmatlilarga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimiz bo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiradigan tuyog‘imiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz faqat shul Otabekdir.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar