1. ignadek gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi
2. ninaday gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi
3. nonini tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi
4. ot bilan tuyacha: juda katta farq
5. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora
6. tuya go‘shti yegan: Biror ish, narsaning bitishi, amalga oshishi juda sudralishi, cho‘zilishini qayd etuvchi ibora
7. tuya hammomni havas qilganday: O‘ziga xos va mos bo‘lmaydigan, yarashmaydigan urinish, intilish, orzu qilish holatiga nisbatan qo‘llanadigan ibora
8. tuya ko‘rdingmi–yo‘q: o‘zini ko‘rmaganga, bilmaganga chiqardi
9. tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi
10. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.