1. 1. Urg‘ochi parranda, toshbaqa va boshqalar ba’zi hayvonlarning bola ochish uchun qo‘yadigan, qobiq bilan o‘ralgan jinsiy yumurtqasi va shu narsa — tarkibida barcha oziq moddalariga ega bo‘lgan taom mahsuloti sifatida.
Tovuqning tuxumi. O‘rdakning tuxumi. Tuxum qilmoq. Qovurilgan tuxum. Tuxum yutmoq.
2. biol. ol. Jinsiy hujayra.
Tuxum yo‘li. Tuxum hujayrasi.
3. bot. ot. Urug‘.
Oshqovoqning tuxumi.
4. ko‘chma hma Nasl, avlod, zurriyot, zot.
Tuxumi qurigan hayvonlar.
▬
Ko‘k qurt! Yomon ofat. G‘o‘zaning zavoli. Tezda tuxum-tuxumini quritish kerak.
R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla
O‘lsam o‘layin, odam tuxumidan qo‘rq-mayman.
Oysuluv
5. ko‘chma hma Umuman, yuzaga keltiruvchi narsa, urug‘.
Agar siz nafsilamrga qarasangiz, ikki xalqni bir-biriga sovuq ko‘rsatib, adovat tuxumini sochib keluvchi bir nechagina odam bor
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar