Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tutun}
So‘z bo‘g‘inlari: tu-tun
Izoh(lar)i:
tutun ot

1. Biror narsa yonganda, havoga ajralib chiqadigan mayda zarralardan iborat gazsimon moddalar majmui. Papiros tutuni. Uy tutunga to‘ldi. Tutun osmonga ko‘tarilib ketdi. Uylarning mo‘risidan tutun chiqar buralib. Uyg‘un
Bir vaqtlar turli ranglar bilan bo‘yalgan uyning shiftlari otashdonda yoqilgan o‘t tutunidan xiralandi. H. Shams, Dushman
Jiqqa ho‘l o‘tin yolg‘iz pirs-pirs qilib, achchiq zahar tutun buruqtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: dud [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tutum Ish tutish yo‘sini.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.