Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tutqunlik}
So‘z bo‘g‘inlari: tut-qun-lik
Izoh(lar)i:
tutqunlik [tut-qun-lik ]

1. Tutqun holat. Tutqunlikdan qutqazilgan Gulnorning qushdek uchgisi kelar, lekin boshidan kechgan dahshatli voqealar orqasida oyoqlarida zarracha mador sezmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Asirlikdagi yoki erksiz, haq-huquqsiz sharoitdagi hayot; asorat. Sening erking, haqqing o‘g‘irlab, Irodangga zanjir solgan kim? Erk makoni bo‘lgan o‘lkada Nechun qol-ding tutqunlikda jim. Zulfiya

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asirlik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Asirlik – asorat – tutqunlik – qullik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.