1. 1. 1 Alangalanmoq, alanga olmoq.
2. ko‘chma hma Yonmoq, kuymoq.
Siz o‘zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim Borlig‘im muhabbatingiz alangasi bilan tutashgani holda, zavjangiz Otabek.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Hech kim meningdek kuymagan hajring o‘tiga, ey sanam, Tanho tutashdim men o‘zim, so‘zona bo‘ldim sog‘inib.
Hamza
3. folk. lk. Tutaqmoq, qizishmoq.
Juda ham tutashib ketdi Hakimxon.
Alpomish
Arzirumdan ekan asli elati, Tutashgan bola-dir — ko‘pdir g‘ayrati.
Nigor va Zamon
4. 1. Tutash holatda bo‘lmoq.
Bir-biriga tutashib ketgan kichkina, tiniq ko‘lchalar ko‘rindi.
S. Siyoyev, Avaz
Bundan [daryodan] chiqadigan suv bilan maktab uchastkasinigina emas, unga tutashgan tomorqa yerlarni ham sug‘orish mumkin.
H. Nazir, Cho‘l havosi
Shamol tog‘aning uyi bir tomondan qirga tutash edi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Adolatning yuzi birdan jiddiylashdi. Qora qoshlari tutashib, ko‘zlarida g‘azab chaqnadi.
S. Zunnunova, Gulxan
5. ko‘chma hma Bir-biriga bog‘langan, payvand.
Tojiboy o‘zi kambag‘allardan bo‘lsa ham, to-miri Olaxo‘ja maxsum bilan tutashgan edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Xayoliga xayoli tutash, qalbiga qalbi yaqin odamlarni ko‘rgan sayin Muborak undan battar uzoqlashar, battar orqaga qarab ketar edi.
S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar