1. Narsalarning tutamlash yoki siqimlash mumkin bo‘lgan miqdori; panjaning shuncha miqdorni oladigan (tutadigan) holati.
Bir tutam soch. Bir tutam paxta. Dangasaning quyrug‘i bir tutam.
Maqol
Robiya xola bir tutam pechak o‘tni jo‘yakka tashlab, qo‘llarini qoqqanicha, Shirmonxon qarshisiga yurdi.
S. Zunnunova, Olov
Qo‘ylar kecha ertalab oxirgi tutam xashakni yeb bo‘lishgan.
S. Anorboyev, Oqsoy
Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir lahza o‘ylanib turdi-yu
P. Qodirov, Yulduzli tunlar