Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tushuncha}
So‘z bo‘g‘inlari: tu-shun-cha
Izoh(lar)i:
tushuncha ot

1. 1. Narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini, aloqa va munosabatlarini umumlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur; tafakkur shakli. So‘z turkumlari haqida tushuncha. Materiya haqida tushuncha. Qo‘shimcha qiymat tushunchasi.

2. 2. Umuman, narsalar, hodisalar haqidagi tasavvur, tushunish. Qishloqqa yangi zamonning yangi odamlari kelar va yangi nom, yangi tushuncha olib keladilar. P. Tursun, O‘qituvchi
Keyingi kunlar uning [Abdulahadning] hayot haqidagi barcha tushunchalarini ostin-ustun qilib, o‘zgartirib yubordi. A. Muxtor, Chinor
Xalq tushunchasicha, hajga borib, tabarruk bo‘lib kelgan kishining qo‘lidan bu xil pastkashliklar kelmas, agar kelsa, u asl hoji emas, yolg‘on hoji deb qaralar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Onglilik darajasi, ong. Siyosiy tushuncha. Bizning maqsadimiz — kishilarga ong, tushuncha bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oq-u qorani o‘zi ajrata oladigan bo‘lsin! P. Tursun, O‘qituvchi

4. 4. Insonning bilim va tasavvurlari darajasi; saviya. Tushunchasi past odam.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Tushuncha – predmet, belgi, voqea, hodisa, harakat haqida kishining tasavvuri, so‘z – uning tilda namoyon bo‘lishi. Tushuncha so‘zga, so‘z esa tushunchaga to‘la ravishda mos kelavermaydi. Mas.,yuz, aft, bashara, chehraso‘zi bir tushunchani bildiradi, ammo ma’nosi boshqa-boshqa. Ma’nosi bir xil so‘zning bittasi tilda yashaydi, boshqasi iste’moldan chiqib ketadi.

So‘z tushunchaning hamma tomonini qamrab ololmaydi, balki uning mohiyatini va muhim tomonini aks ettiradi. Tushunchaning boshqa tomoni va xususiyati o‘zga so‘z bilan ifodalanadi

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tushuncha – muhokama – hukm
Ma’nosiga ko‘ra
(fikrlash bosqichiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.