Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tushkunlik}
So‘z bo‘g‘inlari: tush-kun-lik
Izoh(lar)i:
tushkunlik ot

1. Tushkun holat. Ichkilik tushkunlikka olib boradi. ▬ Kalladagi qora xayollarni haydash kerak, tushkunlik — eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat
Po‘latning ko‘zlaridagi alam aralash tushkunlikni ko‘rgach dedi: — Xafa bo‘lma, Po‘lat. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin

2. Tarixiy jarayonda rivojlanish emas, aksincha, orqaga, quyiga ketish. Iqtisodiy tushkunlik. ▬ Boy tarixga ega bo‘lgan O‘zbekiston fani, muayyan tarixiy sabablarga ko‘ra, bir necha asr davomida tushkunlikni boshidan kechiradi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tanazzul [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.