Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tushkun}
So‘z bo‘g‘inlari: tush-kun
Izoh(lar)i:
tushkun sf

1. So‘niq his-tuyg‘uli, ruhi past; so‘niq. U bugun ham hovlimizga parishon va tushkun bir holatda kirib keldi. O‘. Hakimali, Navbahor
— Vaqt o‘tdi, — dedi hazrat tushkun bir ovoz bilan. K. Yashin, Hamza
Jabborov, undagi [Ahmadjondagi] o‘zgarishni odatda bir-biriga mehribon kishilar uzoq vaqt ajralishayotganda bo‘ladigan tushkun kayfiyatning ta’siri, deb bildi. A. Muqimov, G‘alati odamlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.